15:13 / 17.10.2016
7274

Mourino Kloppni tanqid qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi

Foto: Squashka

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 8-turida «Liverpul»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan raqiblar murabbiyi Yurgen Kloppning o‘yin vaqtida bajaradigan harakatlariga e'tibor qaratdi. U raqiblar murabbiyini o‘yin vaqtida haddan tashqari hissiyotlarga berishda ayblagan.

«Men maydon chetiga kerakli ko‘rsatmalarni berish uchun boraman, qo‘limni uyoqdan-buyoqa siltash uchun emas», – degan Mourino.

Bu portugaliyalik mutaxassining Klopp jamoasiga qarshi to‘rtinchi uchrashuvi bo‘ladi. 2013 yilda YeChL yarim finalida Mourino «Real» bilan Klopp boshqaruvidagi Dortmundning «Borussiya» jamoasiga yutqazgandi (1:4, 2:0). O‘tgan mavsumning birinchi davrasida esa «Liverpul» «Chelsi»ni 3:1 hisobida yenggan, Mourino ikkinchi mavsumgacha qolmagandi.

«Liverpul» – «MYu» bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23.55da boshlanadi.

Manba - Tribuna.uz

Top