Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha generali: Rossiya yaqin bir necha oyda Boltiqbo‘yiga hujum qilishi mumkin
Foto: Interia
Rossiya yaqin vaqtlarda Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan biriga bostirib kirishi mumkin. Polshalik general, GROM harbiy bo‘linmasining sobiq rahbari va Milliy xavfsizlik byurosi rahbari sobiq o‘rinbosari Roman Polko shunday fikrni bildirmoqda.
«Fitnalar ko‘p, shunday ekan, Rossiya yaqin oylarda sun'iy bahona bilan hujum qilishi ham mumkin», — deya general so‘zlarini keltiradi Interia nashri.
Generalning taxminicha, Litva yoki Estoniyadagi ruslarni himoya qilish hamda Polshadagi Rossiya xotira majmualarini muhofazasini ta'minlash kabilar sabab sifatida ko‘rsatilishi ehtimol.
Polko shuningdek, Polshani himoya qilish uchun qo‘mondonlik tizimini tiklash kerakligini aytgan.
«Bu borada biz yanada samaraliroq ishlashimiz kerak», — deb qo‘shimcha qilgan general.
Mavzuga oid
14:14
Rostov viloyatida Mi-8 harbiy vertolyoti urib tushirildi
12:25
Yevroittifoq Rossiyadan dezinformatsiyaga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirmoqda
09:42
Putin Vengriya TIV rahbari Siyyartoga ikki harbiy asirni topshirdi
09:34