O‘zbekiston | 10:24 / 18.10.2016
7265
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘lajak jurnalistlar Janubiy Koreyada 1 semestr o‘qib keladi

Foto: Madina Nurman

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Janubiy Koreyaning Hankuk universiteti o‘rtasida shu yil yozda hamkorlik bitimi tuzilgan edi. 
Unga ko‘ra 17 oktabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti vakillari Seul shahrida bo‘lib, o‘sha yerning o‘zida imzolangan anglashinuv memorandumining amaliy jihatlari bo‘yicha o‘zaro muloqotda ishtirok etdi. Rasmiy ushrashuv davomida oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bilan bir qatorda o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish va kelajagi bor loyihalarni tuzish kabi masalalar muhokama qilindi.

Hamkorlikning ilk nishonasi sifatida 2017 yilning fevral oyida fakultetning 2 nafar talabasi Seulda 1 semestr davomida bilim olishiga kelishib olindi.

Aytish kerakki, Hankuk universitetida bugungi kunda 45ta xorijiy til yo‘nalishlarida tarkibida hamyurtlarimiz ham bo‘lgan jami 92 nafar chet ellik talabalar tahsil oladi. Bundan tashqari, Koreyaning ushbu nufuzli ta'lim muassasasida o‘zbek tili bo‘limi, Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti va kafedrasi ham faoliyat olib boradi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid