Jahon | 18:30 / 18.10.2016
8288
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissar: Mo‘suldan haydalgan jihodchilar Yevropaga kelishi mumkin

Foto:GETTY IMAGES

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha yevrokomissar Julian King Iroq harbiylari Mo‘sul shahrini IShIDdan tortib olgan taqdirda Yevropa jihodchilarning paydo bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini ta'kidladi. Die Welt nashri shu haqda so‘z yuritdi. 

Kingning nemis nashriga ma'lum qilishicha, Yevropaga radikal islomchilarning ommaviy oqimi kelishi amri mahol, biroq ularning soni qancha bo‘lishiga qaramay, bu Yevropa uchun jiddiy tahdid tug‘diradi. 

Yevrokomissarning baholashicha, Yevroittifoqning taxminan 2,5 ming nafar fuqarosi Iroq va Suriyaga ketgan va u yerda IShID ekstremistik guruhiga qo‘shilgan. 

Dushanba kuni Iroq qurolli kuchlari hamda AQSh xalqaro koalitsiyasi tomonidan boshqariluvchi qo‘shin Mo‘sul shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishni boshladi. 

Aholisi 2 milliondan ortiqni tashkil qilgan Mo‘sul Iroqning ikkinchi yirik shahri hisoblanardi, biroq jangarilarning bostirib kelishi natijasida yuz minglab kishilar u yerdan qochib ketishgan.

 

Mavzuga oid