Iroq armiyasi Mo‘sulga 10 kilometr yaqin keldi
Iroq qurolli kuchlari bo‘linmalari Mo‘suldan 10 kilometr janubi-sharqdagi Hemdaniye tumaniga kirdi. Bu haqda harbiy harakatlar kechayotgan hududdagi manbasiga asoslangan holda Anadolu agentligi xabar berdi.
Hemdaniyeda IShID jangarilari va iroqlik harbiylar o‘rtasida janglar davom etmoqda. Shahar ustida tutunlar paydo bo‘lgan.
Mo‘sul yaqinidagi bu hududda avval xristianlar istiqomat qilgan. Bu hudud 2,5 yildan buyon terrorchilar qo‘lida.
17 oktabrga o‘tar kechasi Iroq armiyasi kurdlar hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari bilan ittifoqchilikda Mo‘sulni ozod etish uchun hal qiluvchi harbiy harakatlarni boshladi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy amaliyotlarda jami 80 mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda, Mo‘sulda esa 4500 nafarga yaqin jangari bor.
Mavzuga oid
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
20:30 / 27.09.2017
Iroq armiyasiga kurdlar nazoratidagi hududga kirish uchun ruxsat berildi
11:11 / 04.09.2017