Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning nima uchun Rossiya bilan kelisha olmasligiga izoh berdi
Foto: The New York Times
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp siyosiy poygada g‘alaba qozongan taqdirida yangi lavozimga rasman kirishishdan avvaloq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkinligini ma'lum qildi. Politico nashri uning so‘zlarini yetkazadi.
"Agar men 8 noyabrdagi saylovlarda g‘alabaga erishsam, Putin bilan rahbariyatdagi faoliyatimga kirishishdan avvalroq uchrashishim mumkin", - dedi Tramp.
"O‘ylashimcha, bu ajoyib ish bo‘lardi", - qo‘shimcha qildi milliarder.
Jurnalistning "ruslar bilan urush"ga chek qo‘yish uchun qanday yo‘l tutish mumkinligi haqidagi savol Trampning bunday bayonot berishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, Rossiya bilan bog‘liq barcha muammolar AQShning hozirgi rahbarlari tufaylidir - "ular Rossiya prezidentini ko‘p haqorat qilishadi".
Bundan avval Demokratlar partiyasi vakilasi Hillari Klintonning maslahatchisi Jyeyk Sallivan Donald Trampning Rossiya manfaatlari yo‘lida harakat qilayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025