Berlinda «normand to‘rtligi» sammiti boshlandi
«Normand to‘rtligi» a'zolari rahbarlari Germaniya poytaxti Berlin shahriga yetib keldi va sammit boshlandi.
Germaniya federal respublikasi kansleri Angela Merkel taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya rahbari Fransua Olland hamda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko muzokaralar uchun yig‘ilgan.
Mezbon birinchi bo‘lib ukrainaliklar yetakchisini qabul qildi, bir necha daqiqalardan keyin fransuzlar rahbari yetib keldi. Putin mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toshkent vaqti bilan soat 21:00) kutib olindi.
DPA ma'lumotiga ko‘ra, Putin oxirgi bor Germaniyaga 2013 yilda, Hannover sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun kelgandi.
Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina rahbarlari muzokaralarda Ukraina sharqidagi qurolli mojarolarni muhokama qilishadi. Tomonlar Donbassdagi saylov hamda qo‘shinlarning ortga qaytarilishi masalasini ham ko‘rib chiqishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Rossiya prezidenti germaniyalik hamda fransiyalik hamkasblari bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishi belgilangan.
Mavzuga oid
17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
17:05 / 04.11.2024
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
17:16 / 01.11.2024