Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rovnoma: Klinton aksariyat asosiy shtatlarda Trampni ortda qoldirmoqda
AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton asosiy 15 shtatning aksariyatida yetakchilik qilmoqda. The Washington Post va SurveyMonkey kompaniyasining hamkorlikda o‘tkazgan so‘rovnomasi shundan dalolat bermoqda.
So‘rovnoma davomida ma'lum bo‘lishicha, Oq uy rahbari lavozimiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Ayova, Nevada, Ohayo, Arizona, Texas va Floridada yetakchilikni saqlab kelmoqda. O‘z navbatida, Klinton Nyu-Hempshir, Virjiniya, Viskonsin, Jorjiya, Kolorado, Michigan, Nyu-Meksiko, Pensilvaniya va Shimoliy Karolinada yetakchilik qilmoqda.
Mazkur tadqiqotga ko‘ra, Klinton 304, Tramp esa 138 saylovchining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilsa bo‘ladi. G‘alaba uchun 270 saylovchining ovozi yetarli, shundan xulosa qilish mumkinki, Klinton asosiy shtatlarda Trampni ortda qoldirmoqda. 96 saylovchi kimning foydasiga ovoz berishi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026