Jahon | 17:10 / 20.10.2016
15184
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Suriyadagi vaziyat uchun Rossiyani jazolashga tayyorgarlik ko‘ryapti

Suriyadagi vaziyatning keskinlashgani sababli Rossiyaga qarshi jazo choralari qo‘llash masalasi YeI davlat rahbarlarining Bryusselda bo‘lib o‘tajak sammiti kun tartibiga kiritilgan. Anjuman 20-21 oktabr kunlari Belgiyada bo‘lib o‘tadi, deya xabar qilmoqda Bloomberg agentligi ixtiyoriga kelib tushgan hujjatlarga asoslangan holda. 

Unda xususan, «Yevroittifoq Suriya tuzumi va Rossiyaning Halab shahridagi tinch aholi vakillariga havo zarbalarini qoralaydi». «Shu munosabat bilan, YeI, agar zo‘ravonliklar barham topmasa, jismoniy shaxslar va tashkilotlarga qarshi har qanday cheklovchi choralarni muhokama qilishi mumkin», — deyiladi bayonot loyihasida. 

19 oktabrda Reuters agentligi yuqori lavozimli nemis mulozimiga tayangan holda, Rossiyaga nisbatan yangi jazo choralari qo‘llash mavzusi kun tartibida turgani, biroq, YeI rahbarlari bu haftada hech qanday qaror qabul qilmasliklarini xabar qilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid