O‘zbekiston | 21:16 / 20.10.2016
6140
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Inson huquqlari sohasida memorandum imzoladi

Foto: fb.com/ukinuzbekistan

BMTning Taraqqiyot dasturi (PROON) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi inson huquqlari sohasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha hamfikrlik memorandumini imzolashdi. Bu haqda gazeta.uz xabar bermoqda

Milliy markazda ma'lum qilinishicha, hujjat inson huquqlari va erkinlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasidagi faoliyat haqidagi ma'lumot va hujjatlar bilan almashish, maslahatlashuvlar o‘tkazish, ushbu sohada dastur va rejalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, birgalikda adabiyotlar yaratish va nashr etish, milliy va xalqaro tadbirlar va treninglar tashkil etish hamda BMTning inson huquqlari sohasidagi tuzilmalarining ta'lim dasturlarida o‘zbekistonlik mutaxassislarning ishtirokini ko‘zda tutadi.

Memorandum 20-21 oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalashni ta'minlash milliy tizimi: mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar" xalqaro anjumani doirasida imzolandi. 

Anjuman BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Islom hamkorligi tashkilotining mustaqil doimiy komissiyasi, YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi mutaxassislari, Buyuk Britaniya, Germaniya siyosatshunoslari va huquqshunoslari, Indoneziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Rossiya va Tojikiston ombudsmanlarini yig‘di.   

O‘zbekiston shu kungacha BMTning inson huquqlari bo‘yicha 10 ta asosiy xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid