Tramp so‘nggi debatda o‘zini g‘olib chiqqan deb e'lon qildi
AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp prezidentlikka demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton bilan o‘tkazilgan telebahsda ustun kelgan deb hisoblaydi.
«Rahmat, Amerika! Men harakatlarimiz samarasida yakuniy debatda g‘olib bo‘ldim», — deya yozgan Tramp o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti orqali.
Amerikadagi nashrlarda so‘nggi debatlar g‘olibini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar qarama-qarshi natijalarni bermoqda. Avvaliga CNN telekanali o‘tkazgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, 52 foizlik teletomoshabin Klintonni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning faqat 39 foizi — Tramp tomonida.
Keyinroq The Washington Times nashri g‘oliblik respublikachilar vakili tomonida ekani haqida xabar tarqatdi. Gazeta o‘quvchilarining 21 foizi Hillari Klintonni yoqlashi ma'lum bo‘lgan, respondentlarning 74 foizlik qismi Trampga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:28 / 27.08.2021