O‘zbekiston | 20:33 / 21.10.2016
16443
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiyaning Krasnoyarskidagi ishlab chiqarilgan isitgichlarga qiziqish bildirishmoqda

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida joylashgan "Teplofon" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan innovatsion isitgichlarga qiziqish bildirishmoqda. Tomonlar hozirda isitgichlarning yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma tuzishni muhokama qilishmoqda. Bu haqda 21 oktabrda Sibir tadbirkorligi anjumanida Krasnoyarsk o‘lkasining iqtisodiy rivojlanish, investitsion siyosat va tashqi aloqalar vaziri Aleksandr Gramatunov ma'lum qildi. Bu haqda newslab.ru sayti xabar bermoqda. 

Yaqinda Krasnoyarsk o‘lkasi ma'muriyati va tadbirkorlari delegatsiyasi O‘zbekistonga safar uyushtirgandi. Uchrashuvda Krasnoyarsk va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasida aloqalarni kengaytirish, yengil sanoat, yog‘ochni qayta ishlash, yonilg‘i va mashinasozlik sohalarida qo‘shma korxonalar yaratish istiqboli muhokama qilingandi. 

"Teplofon" kompaniyasining isituvchi infraqizil panellarini yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar tashrifning birinchi natijalaridan bo‘ldi. "Kompaniya zamonaviy isitgichlar ishlab chiqaradi, ular juda energiya samaradordir. Yaqinda men O‘zbekistonda bo‘lib, bu mahsulot haqida ma'lumot bergandim. Mahalliy iste'molchilar isitgich bilan qiziqib qolishdi. O‘zbekistonda iqlim ancha iliq bo‘lganiga qaramay, qish sovuq keladi. Hozirda tomonlar shartnomalar tuzish arafasida turishibdi", deb ma'lum qildi Gramatunov.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid