Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda avtomobildagi xudkush portlash sodir etdi
Foto: REUTERS
"Tolibon" terrorchilik guruhi jangarilari Afg‘onistonning Gilmend viloyatida xudkushning avtomobiliga o‘rnatilgan bomba yordamida kuchli portlash sodir etdi. Mashinaning portlashi aks etgan lavhalar internetda paydo bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Portlatilgan bino Afg‘oniston qo‘shinlariga tegishli bo‘lishi mumkin. Hozirda Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari Gilmend viloyatida jangarilarga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda.
Ta'kidlanishicha, Afg‘oniston armiyasi sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan, biroq keyinroq terrorchilar qayta guruhlanib, qarshi hujumga o‘tgan va bir necha terakt va pistirmalar uyushtirgan. Videoda aynan shunday hujumlardan biri aks etgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026