Jahon | 15:05 / 22.10.2016
6560
1 daqiqa o‘qiladi

Ilhom Aliyev armanistonlik hamkasbi bilan uchrashishga tayyor

Foto: skynews

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal etish uchun Armaniston davlat rahbari Serj Sargsyan bilan uchrashish niyatida. Bu haqda, YeXHT Minsk guruhining AQSh tomonidan hamraisi Jyeyms Uorlik bayonot berdi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Men shaxsan Ozarboyjon rahbari bilan gaplashdim. U Tog‘li Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish fikriga sodiqligini bildirdi. Aliyev shuningdek, takliflarni muhokama qilish uchun uchrashuvga tayyorligini izhor qildi», — degan Uorlik. 

Uning aytishicha, yaqin orada ikki davlat rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Mavzuga oid