Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning «Fuqarolik şartnomasi» nomli partiyasi 7 iyun kuni bölib ötgan parlament saylovlarida 48,8 foiz ovoz olib, ğalabaga erişdi. Muxolifatçilarning kelib çiqişiga köra arman bölgan rossiyalik yirik tadbirkor Samvel Karapetyan boşçiligidagi «Kuçli Armaniston» alyansi esa 23,2 foiz ovoz bilan ikkinçi böldi.
Saylovlar Moskva va Yerevan örtasidagi jiddiy kelişmovçilik fonida bölib ötdi: Kremldagilar bir neça bor Armanistonning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlaşuvidan norozilik bildirdi. Rossiya sönggi haftalarda Yerevanga bosim ötkazişga urindi, jumladan, Armanistondan köplab mahsulotlarni olib kirişni taqiqlaş orqali. Masalan, köplab sabzavot va mevalar, baliq, mineral suv, gullar taqiqqa tuşdi. Nazariy jihatdan, Armanistondan tovarlar yetkazib berişni töxtatiş mamlakat taşqi siyosatida «yevropaça» yönaliş taşabbuskori bölgan Nikol Paşinyanning xalq orasidagi obrösiga, şuningdek, uning partiyasining parlament saylovlaridagi natijalariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin edi.
Rossiyaning Armanistondagi saylovlarni yoritgan davlat telekanallari Paşinyan partiyasi ğalabasining ahamiyatini yöqqa çiqarişga harakat qildi.

Anthony Pizzoferrato / AP / Scanpix / LETA
«Köp sonli qoidabuzarliklar»
«Rossiya 1» telekanalining «Vesti» dasturi muxbiri «hukmron partiya ğolib çiqqan bölsa-da, parlamentni yakka tartibda şakllantiriş huquqini beruvçi 50 foizlik çegaradan ötiş partiyaning qölidan kelmagani»ni ta’kidladi.
Aslida esa, Nikol Paşinyan partiyasi saylovda qölga kiritgan natija «Fuqarolik şartnomasi» parlamentda köpçilikni taşkil etişini anglatadi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, partiya Armaniston parlamentidagi 101 örindan 58 tasini qölga kiritadi.
«Birinçi kanal» muxbiri saylovdagi faollik odatiy holat ekanini qayd etdi. Aslida, saylov huquqiga ega fuqarolarning 58,97 foizi iştirok etişi – sönggi töqqiz yildagi parlament saylovlaridagi eng yuqori körsatkiçdir: 2021 va 2018 yillarda davomat 50 foizdan past bölgan.
«Eng mojaroli saylov»
«Davomat qariyb 60 foizga yetdi. Biroq, bu saylov faqat şu bilangina yodda qolmaydi», – dedi «Birinçi kanal» muxbiri Mixail Rakitskiy jonli efirda «misli körilmagan miqdordagi» qoidabuzarliklar haqidagi hikoya qilib berişdan oldin.
«Mahalliy naşrlar respublika boş prokuraturasiga tayanib, ularning [qoidabuzarliklar] soni rasman 400 dan ortiq bölganini xabar qildi. Aslida qança? Savol oçiq qoladi. Uçastkalarda röy bergan voqealar saylov tizimi falajligidan dalolat beradi. Ovoz beriş punktlari yonida taşviqot bannerlari joylaştirilgan. Hukmron „Fuqarolik şartnomasi“ partiyasi tarafdorlari saylovçilarga qanday ovoz berişni örgatib turişdi», – deya xabar beradi u.
«Vesti» muxbiri ham «rasmiylar ovoz beriş jarayoniga aralaşişdan tortinmagani»ni ta’kidlab, «bu eng mojaroli saylovlar bölgani»ni aytdi.
«Tintuvlar, hibsga olişlar, uçastkalardagi qonunbuzarliklar. Ovoz beriş kunining özida Markaziy saylov komissiyasiga 23 ta murojaat kelib tuşdi. IIVga 600 dan ortiq çaqiruv bölgan», – deya xabar qilgan muxbir Aynur Valiaxmetov.
NTV telekanali muxbiri Nikita Korzun ba’zi uçastkalarda «kimdir byulletenlarni olib çiqişga uringani», boşqalarida esa «saylov tartibining ketma-ketligi buzilgan»dan şikoyat qilgan. «Ba’zi joylarda odamlar bir kabinada ikki kişi bölib ovoz berişdi, garçi bu taqiqlangan bölsa ham. Alaverdida Paşinyan partiyasi vakillari saylovçilarni „Fuqarolik şartnomasi“ga ovoz berganiga dalil sifatida foydalanilmagan byulletenlarni saylov uçastkasidan olib çiqişga çaqirdi», – deydi u.
Kremldagilar ham qoidabuzarliklar haqida gapirişdi. «Biz uşbu saylovlar davomida sodir bölgan köplab qonunbuzarliklar haqidagi xabarlarni qayd etyapmiz», – degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Novaya gazeta» esa saylovlar böyiça ekspert Roman Udotning fikrini keltiradi, u uçastkalardagi davomat va ovoz beriş körsatkiçlarini örganib, Rossiyaga xos bölgan yaqqol anomaliyalarni uçratmaganini ta’kidlaydi.
Şu bilan birga, saylov iştirokçilarining özlari ham qonunbuzarliklar haqida gapirişmoqda. Tadbirkor Gagik Sarukyanning «Farovon Armaniston» partiyasiga parlamentga kiriş uçun 0,004 foiz (60 ga yaqin ovoz) yetmay qoldi. Partiya vakillari Armaniston MSKdan ovozlarni qayta sanaşni talab qildi: ularning ta’kidlaşiça, ba’zi saylov uçastkalarida hisobga olinmagan byulletenlar topilgan.
«Sukut kunidagi hibslar»
NTV syujyetida urğu muxolifatçilar hibsga olinişiga qaratildi. NTV muxbirining aytişiça, Armanistonda ovoz beriş kunidan bir kun oldin «önlab kişilar qölga olingan» va «saylov kunida ham bu işdan töxtaşmagan».
«Birinçi kanal» ham «saylovlar arafasida muxolifatdagi deputatlar qamoqqa olingani»ni eslatib ötdi. «Ovoz beriş kunida esa kuçişlatar tuzilmalar „Kuçli Armaniston“ blokining Gyumridagi ofisiga tintuv ötkaziş uçun kelişdi», – deya xabar bergan kanal muxbiri Mixail Rakitskiy.
Rossiya telekanallari muxbirlari «Fuqarolik şartnomasi» partiyasi ovoz beriş jarayonidagi «köp sonli qoidabuzarliklar» va muxolifatçilar hibsga olinişi evaziga ğolib çiqqanini zör berib ta’kidlaşgan.

Paul Dza / SIPA / Scanpix / LETA
7 iyun kuni «Kuçli Armaniston» bloki yetakçisi, özi uy qamoğida bölgan Samvel Karapetyan bir kun oldin va ovoz beriş kuni uning 100 dan ortiq tarafdori hibsga olinganini aytdi. Armaniston Tergov qömitasi esa muxolifat alyansidan deputatlikka nomzodlar fuqarolarning öz xohiş-irodasini erkin bildirişiga tösqinlik qiliş va juda köp miqdorda pul yuvişda iştirok etişda ayblanib hibsga olinganini ma’lum qildi.
Şu bilan birga, Armaniston MSK hukmron «Fuqarolik şartnomasi» partiyasiga yaqin hisoblangan «Respublika» partiyasining Samvel Karapetyan blokini saylovdan çiqariş talabini qanoatlantirmadi. Debatlar çoğida Nikol Paşinyan «Respublika» partiyasi yetakçisiga şunday çaqiriq bilan murojaat qilgandi.
Fransuz maxsus xizmatlari haqida
ReN TV telekanali saylovoldi kampaniyasi davomida va saylovlar vaqtida hukumat göyoki xorijiy davlat maxsus xizmatlarining vaziyatga aralaşuviga yöl qöyib berganiga işora qildi.
«Nikol Paşinyan allaqaçon ğalabani nişonlamoqda. Partiya saylovoldi ştabida tarafdorlarini töplab, Makron bilan gaplaşganini ma’lum qildi. Ular butun saylovoldi kampaniyasi davomida Armanistonda işlagan Fransiya maxsus xizmatlari işining natijasini muhokama qilişgan bölişi mumkin», – dedi telekanal muxbiri Aleksey Poltoranin jonli efirda. U «Armanistonda fransuzlarga Yevropa nodavlat notijorat taşkilotlarining salmoqli desanti yordam bergani»ni ham qöşimça qildi. «Kamida Belgiya va Niderlandiya markazlari haqida aniq ma’lumot bor», – dedi muxbir, lekin bunday ma’lumot manbalari haqida lom-mim demadi.
«Yevropa yordamini uzoq kutişga töğri keladi»
«Birinçi kanal» Rossiyaning Armanistondan turli mahsulotlarni olib kirişga taqiqlari natijalarini sarhisob qildi va Yerevanning yevropaça taşqi siyosati istiqbollarini baholadi.
«[Paşinyan] eksport oqimlarini Yevropa Ittifoqiga yönaltirişni başorat qildi va yevrohudud bilan vizasiz rejimni va’da qildi. Hozirça bular faqat sözlar. Rossiya bozorini yöqotiş esa – allaqaçon reallik. Ötgan yilning özida Yerevan bizning mamlakatga eksportdan qariyb 3 milliard dollar daromad olgandi. Bugun esa sabzavot, meva, gul, mineral suv va konyak ortilgan yuk maşinalari çegarada töxtab turibdi», – deydi muxbir Mixail Rakitskiy.
Şuningdek, u Rossiya hozirça Armanistonga bosim ötkazişning asosiy vositalaridan birini qöllamaganini ta’kidladi.
«Respublikaga Rossiyadan arzon gaz kirib kelar ekan, balandparvoz bayonotlar beriş qiyin emas. Ekspertlarga köra, imtiyozli narxlardagi energiya manbalarisiz mamlakat iqtisodiy kollapsga duç keladi. Yevropadan yordamni esa uzoq kutişga töğri keladi», – deyiladi «Birinçi kanal» efirida.












