Jahon | 21:42 / 23.10.2016
11638
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda vabo boshlandi
Yamanning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahari bo‘lgan Adanda vabo kasalidan 9 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi mahalliy hokimiyat jurnalistlarga. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Mutaxassislarning fikricha, vabo ichimlik suvi orqali tarqayotgani bo‘lishi kerak, chunki uning sifati juda yomon.
Hukumatning ma'lum qilishicha, umumiy hisobda Yamanda 200 ga yaqin vabo bilan kasallanish holati qayd qilingan. Tibbiyotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, vabodan kasallanganlarning o‘rtacha 15 foizi bu kasallikdan vafot etadi.
Mavzuga oid
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
15:54 / 07.09.2024