Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada mamlakat armiyasining 15 ta yuk mashinasi yonib ketdi
Germaniyaning Bremen shahrida 23 oktabrda ertalab mamlakat armiyasiga tegishli 15 ta yuk mashinasi yonib ketdi, deb ma'lum qilindi mahalliy politsiyada.
Huquq-tartibot muassasalarida yong‘in ataylab uyushtirilgan bo‘lishi ehtimoli ham mavjud.
"Biz barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tergov olib bormoqdamiz" deb aytdi Bremen politsiyasi vakili DPA axborot agentligiga.
Ta'kidlanishicha, davlat xavfsizligiga xavf soluvchi qoidabuzarliklarni tergov qilish bo‘limi voqea sabablarini aniqlashtirmoqda.
Mashinalar yonishi oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Qutqaruvchilarning ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida bir million dollarga yaqin moddiy zarar yetkazilgan.