Sport | 12:42 / 24.10.2016
18195
2 daqiqa o‘qiladi

France Football «Oltin to‘p–2016» mukofotiga nomzodlarning asosiy beshligini ma'lum qildi. Hozircha ro‘yxatda Messi yo‘q

Foto: Reuters

«Oltin to‘p–2016» uchun asosiy da'vogarlar bo‘lgan 5 futbolchi nomi ma'lum bo‘ldi. Bu yildan boshlab ushbu mukofot g‘olibini yana avvalgidek France Football nashri aniqlay boshlaydi.

Mukofotni olishga asosiy da'vogar futbolchilar: Serxio Aguero («Manchester Siti»), Per-Emerik Obameyang («Borussiya» Dortmund), Garet Beyl («Real»), Janluidji Buffon («Yuventus»), Krishtianu Ronaldu («Real»).

Kun davomida yana 25 futbolchi nomi aytiladi.

Bundan oldinroq FIFA va France Football «Oltin to‘p» egasini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha 5 yillik kelishuv muddati tugaganini ma'lum qilgandi. Jurnal 1956 yildan 2009 yilgacha jurnalistlarning ovoz berishlari orqali g‘olibni aniqlagandi. 2010 yildan buyon esa mukofot FIFA tomonidan topshiriladigan bo‘ldi. Bu holatda individual mukofot g‘olibini aniqlashda OAV vakillaridan tashqari butun dunyodagi terma jamoalarning bosh murabbiylari hamda terma jamoalarning sardorlari ishtirok etishi joriy qilindi.

Qayd etish kerakki, bu yilgi g‘oliblikka asosiy da'vogar sifatida Ronaldu nomi keltirilmoqda. U 2015/16 yilgi mavsumda «Real» bilan YeChL sohibi, Portugaliya termasi bilan esa Yevropa chempioni bo‘lgandi.

Mavzuga oid