Jahon | 23:53 / 24.10.2016
3311
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada maktab o‘quvchilari noma'lum gazdan zaharlanishdi

Foto:svit24.net

Germaniyaning janubidagi Xalbronn shahrida 50 ga yaqin maktab o‘quvchilari gazdan zaharlanishdi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot muassasalariga iqtibos keltirgan holda nemis OAV xabar berdi. 

Voqea maktablardan birida noma'lum gazsimon moddaning tarqalishi natijasida yuz bergan. Bu payt maktabda 350 ga yaqin o‘quvchi bo‘lgan.

Jabrlangan kichik va katta yoshdagi o‘quvchilar shifoxonalarga yetkazilganlar.

Ta'kidlanishicha, hozir voqea joyi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tekshirilmoqda. Ular gaz tarkibi va u chiqqan joyni aniqlashmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid