Jamiyat | 11:24 / 24.10.2016
5923
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga ma'lumotlarni elektron ko‘rinishda tarqatadi

Foto: kun.uz

Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida yangi interaktiv xizmat – Palata tomonidan elektron tarqatiladigan turli ma'lumotlarga obuna bo‘lish uchun ariza yuborish joriy etildi.

Mazkur xizmatdan foydalanish orqali tadbirkorlar muntazam ravishda quyidagi ma'lumotlardan boxabar bo‘lib boradi:

Respublikamizda bo‘layotgan ko‘rgazmalar, tadbirlar, konferensiyalar;
Xorijda bo‘layotgan ko‘rgazmalar, tadbirlar, konferensiyalar;
Mahalliy kompaniyalarning hamkorlik bo‘yicha takliflari va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bo‘yicha tijorat takliflari va boshqalar;
Xorijiy kompaniyalarning hamkorlik bo‘yicha takliflari va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bo‘yicha tijorat takliflari va boshqalar;
Yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
Qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasi (taklif berish uchun);
Boshqa foydali va faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma'lumotlar.

Ushbu ma'lumotlar Savdo-sanoat palatasi tomonidan elektron pochta orqali yuboriladi. 

Mazkur xizmat faqat tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatiladi. 

Arizani ko‘rib chiqish muddati - uch kun.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘tish kerak bo‘ladi.

Shu va boshqa yangiliklardan tezkor xabardor bo‘lish uchun Palataning ushbu kanaliga ulanish mumkin. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid