Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi pul o‘tkazmalari tizimi o‘z ishini boshlamoqda
Foto: octafinance.com
Fransiyaning pul o‘tkazmalari tizimi Tempo Money Transfer Rossiya va MDH davlatlarida o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Tempo Money Transfer’ga iqtibos keltirgan holda Cnews xabar berdi.
Tizim Rossiya bozorida joriy yilning 1-choragida o‘z ishini boshlagan, deb ma'lum qildi kompaniya prezidenti Jyeffri Fanyu. Kompaniya onlayn-loyihani ishga tushirishi bilan tizim Rossiyadan tashqari, MDHning yana 6 ta davlati: O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukrainada ishlay boshladi. Umumiy hisobda loyiha 270 dan ko‘proq bankni qamrab oldi, bu kanal orqali to‘lovlarni berish tarmog‘i 26 ming bo‘limni tashkil qildi.
Tempo tizimi orqali pullarni olish bilan shug‘ullanuvchi punktlar soni 13 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu xizmat 35 ta davlatni qamrab oluvchi yirik miqyosdagi loyihaning ishga tushirilishi doirasida mumkin bo‘ldi. Bungacha tizim orqali pullarni jo‘natishni faqatgina Fransiya va Germaniyadangina amalga oshirish mumkin edi.
Fanyuning aytishicha, umumiy holda MDH va xususan Rossiya katta hajm va ulkan salohiyatga ega bozor hisoblanadi.
3-chorak yakunlariga ko‘ra, Tempo kompaniyasi 120 ta davlatda ishlovchi 195 mingta punktdan iborat tarmoqqa ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:31
O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari. Oxirgi yillarda dinamika qanday o‘zgardi?
10:47 / 16.03.2026
O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha etika me’yorlari tasdiqlandi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:16 / 07.03.2026