Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oilaning tibbiy xarajatlariga oid tadqiqot o‘tkaziladi
O‘zbekistonda joriy yil noyabridan boshlab «Uy xo‘jaliklarining iqtisodiy holati» mavzusida tadqiqot olib boriladi. U aholining turmush darajasi, shuningdek, salomatligiga oid to‘liq ma'lumotlarni aks ettirishi kerak, deb yozmoqda Uzbekistan Today nashri.
Mamlakatda ilk bora, «Salomatlik-3» loyihasi doirasida aholining tibbiy xizmatlarga sarflaydigan xarajati va ularning ko‘proq foydalanadigan tibbiy xizmatlar ro‘yxatini tuzib chiqish maqsadida, shunday tadqiqot o‘tkaziladi. Bu sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirishga doir choralarni qabul qilishda yordam beradi.
U mahallalarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosida tuzilgan so‘rovnomani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. Tadqiqot davomida tibbiy xizmatlarning masofa jihatidan yaqinligi, oilaning ko‘proq qaysi tibbiy xizmat (qishloq vrachlik punktlari, shifoxonalar, davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalari)dan foydalanishiga oydinlik kiritiladi.
Savollarga javob beruvchilar, shuningdek, oila a'zolari so‘nggi vaqtlarda necha marta shifokor ko‘rigiga borgani yoxud shifoxonada davolanganini ma'lum qilishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tibbiy xizmatlar uchun norasmiy xarajatlar bilan hisoblaganda qancha mablag‘ sarflashiga oid bandni to‘ldirishadi.
Tadqiqotlar natijasi sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarni aniqlash va tibbiy xizmat sifatini oshirish, birmuncha keng tarqalgan kasallik turlarining profilaktikasi va davolashni yaxshiash bo‘yicha qaror qabul qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026