Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda amalga oshiriluvchi aholi bandligini ta'minlash loyihasi ko‘rib chiqildi
Foto: Kapital.kz
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilga mo‘ljallangan aholi bandligi dasturi loyihasi mutasaddi vazirlik, idora va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda OAV tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
2017 yilga mo‘ljallangan bandlik dasturi loyihasida 390 ming kishini doimiy, 200 ming kishini qishloq xo‘jaligi hamda qurilishda mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan, 309 ming kishini shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlik va oilaviy tadbirkorlik orqali ish bilan ta'minlash nazarda tutilgan.
Dastur loyihasida uning parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida mehnat maydonlari tashkil etilishi, ularga “yagona darcha” xizmati mutaxassislarining jalb qilinishi aholini kafolatlangan ish bilan ta'minlashga samarali hissa qo‘shadi.
Majlisda dasturda belgilangan ish o‘rinlarini tashkil etish mexanizmlari, dastur monitoringini yuritish masalalari muhokama qilindi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
08:04 / 04.04.2026
Eng yirik iqtisodiyotlarda aholi jon boshiga YaIM o‘sishi - infografika
07:36 / 25.02.2026
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
07:33 / 21.02.2026