Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: HNA Group Hilton tarmog‘ining 25 foiz aksiyasini xarid qilmoqda
Foto: Reuters
Xitoyning HNA Group konglomerati Hilton Worldwide Holdings xolding kompaniyasining 25 foiz aksiyasini Blackstone Group investitsiya guruhidan 6,5 mlrd dollar evaziga xarid qilmoqchi. Mazkur bitim, 2017 yilda amalga oshiriladi, deb yozmoqda "Jenmin jibao" gazetasi.
"Fikrimizcha, bu o‘zaro foydali hamkorlik bo‘lib, brendimiz va mijozlarimiz uchun dunyo bo‘ylab yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ayniqsa, HNA Group guruhining Xitoy sayyohlik bozoridagi o‘rni e'tiborga olinsa" – deyiladi Hilton Worldwide Holdings bayonotida.
Xabarlarga ko‘ra, HNA Group Hilton Worldwide Holdings aksiyasining har biriga 26,25 AQSh dollaridan to‘laydi. Bu Hilton aksiyalarining 21 oktabrdagi birja savdolaridagi qiymatini 15 foizga qimmatlashtirgan. Bitim 2017 yil birinchi choragida yakuniga yetkazilishi xabar qilinayapti. Shundan so‘ng, Blackstone Group ixtiyorida mashhur mehmonxonalar tarmog‘ining 21 foiz aksiyasi qoladi, deyiladi maqolada.
Tarixi 1993 yilda Hainan Airlines aviakompaniyasiga asos solinishi bilan boshlangan HNA Group konglomerati 1998 yilda tashkil etilgan edi. Hozirda uning aktivida 600 mlrd yuan (88,55 mlrd dollar) mablag‘ borligi aytiladi. Xodimlari soni 180 ming kishidan iborat. HNA Group aviatashuvlar, turizm, moliya, ilmiy tadqiqotlar va sanoat sohasida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
11:55
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
16:37 / 17.02.2026
Yanvarda O‘zbekistonga deyarli 1 mln turist: yetakchi uchlik - Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026