Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Trampning gaplariga kesatiq bilan javob berdi
Foto: Jimmy Kimmel / Twitter
AQSh prezidenti Barak Obama AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning gaplariga komik Jimmi Kimmel shousi efirida izoh berdi. Obama ishtirokidagi bu shoudan parcha boshlovchining tvitter-akkauntida chop etilgan.
Ayni vaqtgacha 8 mingta layk va 6 mingta repost to‘plagan rolikda Obama Mean Tweets rukni doirasida unga foydalanuvchilar yuborgan xabarlarni o‘qiyotganda ular orasida Trampning rasmiy akkaunti @realDonaldTrump’dan jo‘natilgan xabar ham bo‘lgan. "Obama AQSh tarixiga eng yomon prezident sifatida kiradi", deb aytilgan Tramp xabarida.
"Nima ham derdim, @realDonaldTrump, juda bo‘lmasa men tarixga prezident sifatida kiraman", deb javob bergan Obama Tramp hech qachon prezident bo‘la olmasligiga sha'ma qilib. Shundan keyin Obama xabarlarni o‘qiyotgan iPhone’ni yerga tashlagan.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
20:46 / 10.08.2025