Erdo‘g‘an: “Biz Iroq diniy urush iskanjasida qolishini istamaymiz”
Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Iroq diniy urushga tortilishini istamasligini ma'lum qildi.
"Biz birovning yeriga da'vo qilmaymiz. Bizning chegaralarimiz yagona, ammo e'tiqod chegaralari umuman boshqa narsa. Biz bilan Iroq va Suriya o‘rtasida madaniy va diniy aloqalar bor. Biz Iroq diniy urush iskanjasida qolishni istamaymiz", — dedi Erdo‘g‘an Anqara mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari rahbarlari oldida.
Uning ma'lum qilishicha, 1920 yildagi Milliy paktda (Misak-ı milli) Turkiya tarkibida Iroqning bir qismi, jumladan, Mo‘sulning kirishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu fantaziya emas, balki “tarixiy haqiqatdir”.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyaning Halabidagi vaziyatlar sabab o‘zida muammolar ko‘rmayapti.
"Ammo bizning e'tirozlarimiz bor. Men Halab aholisiga tinchlik va xotirjamlik kerakligi to‘g‘risida Putin bilan gaplashganman. Bizning ular bilan qarindoshchilik aloqalarimiz bor. Agar Halab bosib olinsa, u yerdagilar Turkiyaga Gaziantep, Kilisga kelishadi", — dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
23:04 / 02.10.2024