Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Klinton AQShni Uchinchi jahon urushiga yetaklaydi
Foto: REUTERS
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning bayonot berishicha, uning demokratlar partiyasidan raqibi Hillari Klinton prezidentlikka saylangudek bo‘lsa, mamlakatni Uchinchi jahon urushiga boshlashi mumkin. Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida shunday fikrni ilgari surgan.
«Klintonning Suriya bo‘yicha rejasi yo‘q. U davlat rahbari bo‘lsa, hammasi Uchinchi jahon urushi bilan tugaydi. U nima qilayotganini bilmaydi, xuddi Liviyada bilmaganidek, boshqasida ham shunday», — degan Tramp.
Avvalroq, Klinton siyosiy raqibi Trampni mamlakat bo‘ylab 5 foizga ortda qoldirayotgani va Amerika OAV Klinton g‘alabasini taxmin qilayotgani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
07:58
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
17:29 / 02.02.2026
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08 / 02.02.2026