Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube’da Tailand qiroli haqoratlangan 100ta sahifa bloklab qo‘yildi
YouTube videoxostingi Tailand qiroli va monarxiyani haqoratlagan 100ga yaqin sahifani bloklab qo‘ydi. Bu haqda 26 oktabr kuni Bangkok Post xabar berdi.
«O‘tgan hafta boshidan beri, deyarli har kuni haqoratlarga to‘la 30-40 sahifa bloklanmoqda», — deb yozmoqda Bangkok Post hukumatdagi manbaga asoslanib. Shuningdek, aytilishicha, yaqin kunlar ichida yana 350ga yaqin manzil bloklanadi.
Oktyabr oyining boshida Tailandning tele va radioeshittirishlar milliy komissiyasi Facebook va YouTube rahbariyatiga murojaat etib, monarxiyani tahqirlagan sahifalarni bloklashni so‘radi.
Komissiya rahbari Takorn Tantasitning so‘zlariga ko‘ra, qirollikda maxsus markaz tuzilgan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar va saytlarni monitoring qilib boradi.
Tailandda monarxiyani haqorat qilish jinoiy ish hisoblanadi. Ushbu jinoyatning eng og‘ir ko‘rinishi 15 yil qamoq hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:15
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
19:25 / 20.05.2026