08:59 / 27.10.2016
10157

27 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

26 oktabr tuni va 27 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambayev o‘zaro muloqot chog‘ida chegaralarni delimitatsiya qilish xususida so‘zlashdi


Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati (arxiv)

 

26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev o‘rtasida Qirg‘iziston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini telefon orqali tabrikladi


Foto: regnum.ru

26 oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

AQSh va yana uchta davlat vakillari BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha yig‘ilishidan chiqib ketdi


Foto: alwtogether.net

4 ta davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ukraina vakillari BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha yig‘ilishida Suriyaning BMTdagi elchisi Bashar Ja'fariy o‘z nutqini boshlaganda zaldan namoyishkorona chiqib ketishdi.

>>> Batafsil.

Ichida kokain bo‘lgan torpedo qirg‘oqqa chiqib qolgani ma'lum qilindi


Foto: revenue.ie

Irlandiyaning Liskannora shahri qirg‘oqlariga ichida 5 mln yevrolik kokain bo‘lgan 2,5 metrlik torpedo chiqib qolgan.

>>> Batafsil.

UNICEF Suriyadagi maktabga berilgan zarbada 22 bola halok bo‘lganini ma'lum qildi


Foto: NTV

BMTning bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Suriyaning Idlib shahrida maktabga qilingan hujumda 22 o‘quvchi va 6 o‘qituvchi halok bo‘lganini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

AQSh Afg‘onistonda "Al-Qoida" bo‘limi yetakchilariga zarba berdi

Foto: Getty images

Pentagon uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida Afg‘oniston shimolida "Al-Qoida" bo‘limi yetakchisi Faruk al-Qataniyga zarba berilganini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Koalitsiya Mo‘sulni qurshab olishga muvaffaq bo‘la olmayapti


Foto: © AP

Iroq qurolli kuchlari va ularning AQSh boshchiligidagi ittifoqdoshlari Mo‘sulni qurshab olishga muvaffaq bo‘la olmayapti, deb ma'lum qildi Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi qo‘mondoni, amerikalik general Stiven Taunsend.

>>> Batafsil.

Trampning Gollivudda shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi buzib tashlandi


Foto: Dominic Patten/Deadline

Gollivudda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga atalgan yulduz buzib tashlandi.

>>>   Batafsil.

Toshkentda yuz bergan baxtsiz hodisada 3 kishi halok bo‘ldi


Foto: RIA

2016 yil 26 oktabr kunduzi 11:30larda Toshkent shahrining Shayhontohur tumani Farobiy ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan 393b-sonli bino konstruksiyalarining to‘satdan qulashi sodir bo‘lgan.

>>> Batafsil.

ABBA guruhi yana birlashishga qaror qildi


Foto: Daypic.ru

ABBA shved pop-guruhining 4 nafar a'zosi – Agneta Feltskog, Born Ulveus, Benni Andersson va Anni-Frid Lingstad yangi raqamli ko‘ngilochar loyihaga tayyorgarlik ko‘rish uchun birlashishga qaror qilishdi.

>>> Batafsil.

Microsoft kompaniyasi iMac’ning sensor ekranli raqobatchisini taqdim qildi


Foto: tjournal.ru

Microsoft kompaniyasi o‘zining birinchi monobloki Surface Studio’ni taqdim qildi. Qurilmaning o‘ziga xos jihati ko‘rsatish qobiliyati 4500 ga 3000 piksel bo‘lgan 28 dyuymli sensor ekrani hisoblanadi.

>>> Batafsil.

Top