BMTning bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Suriyaning Idlib shahrida maktabga qilingan hujumda 22 o‘quvchi va 6 o‘qituvchi halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda jamg‘armaning ijrochi direktori Entoni Leyk bayonotida aytilgan.

"Idlibdagi maktab binosi bir necha marta hujumga uchrashi oqibatida 22 bola va 6 o‘qituvchi halok bo‘lgan", deb aytdi Leyk.

Bolalar qanday hujum oqibatida halok bo‘lganlari ma'lum qilinmagan.