Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Nihol” mukofoti Respublika tanlovining saralash bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Kuni kecha Andijon viloyat musiqali drama teatrida “Nihol-2016-2017” Respublika tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovining viloyat saralash bosqichida viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlarining 64 nafar g‘oliblari ishtirok etib, yosh iste'dod egalari tanlovning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘z mahoratlarini hakamlar hay'ati va tomoshabinlar hukmiga havola qildilar.
Respublika tanlovining viloyat saralash bosqichining nufuzli hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra, sahnada o‘z san'atini yuqori saviyada namoyon qilgan ishtirokchilar asosiy bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildilar.
“Estrada” yo‘nalishi bo‘yicha Andijon shahridan Dostonbek Ahmadaliyev, “Musiqa ijrochiligi” yo‘nalishida - Shahzodbek To‘ychiyev(Andijon shahri), Azimjon Karimov(Shahrixon tumani), Mashhurbek Kozimjonov(Andijon tumani), “An'anaviy xonandalik” yo‘nalishi: Jahongir To‘xtashev (Izboskan tumani), Mohlaroy Bo‘tayeva (Bo‘z tumani),Sultonov Sirojiddin (Jalaquduq tumani),“Raqs” yo‘nalishida – Odina Ortiqnazarova(Andijon shahri), Omina Ro‘ziyeva(Xo‘jaobod tumani), “Opera” ijrochiligida Shohida Nurmatova(Jalaquduq tumani) va Buloqboshi tumanidan Bekzod Ibragimovlar nufuzli tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Tanlov yakunida “Nihol” mukofoti tanlovining Respublika kengashi a'zosi – O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Maxamadjan Nishanovlar saralash bosqichi g‘oliblarini qutlab, fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdilar.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026