Jahon | 14:20 / 27.10.2016
6146
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Vashingtonni Mo‘suldagi amaliyotlari uchun tanqid qildi

Foto: abcnews

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Vashingtonning Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish amaliyotiga tayyorlanish uchun tanlagan usulini tanqid qildi. Bu haqda ABC telekanali xabar qilmoqda.

«Men Mo‘sul haqida «Biz hujum qilamiz» degan gapni 3 oydan beri eshitaman. Biroq buni bizga aytishdan nima foyda? Bexosdan, tasodifan degan narsalar bor. Mo‘sulni egallashni xohlashlarining sabablaridan biri, u yerda, ular taxmin qilganlaridek, IShID yetakchilarining bo‘lishi edi. Hujumdan xabar topishganidan so‘ng, terrorchilarning boshliqlari ketishdi. Amerikaliklar dastlab, hujumni o‘tkazib, so‘ngra bu haqda e'lon qilishsa bo‘lmasmidi?», — degan Tramp.

Uning ta'kidlashicha, IShID jangarilari hujumni avvaldan bilgani uchun jiddiy qarshilik ko‘rsatishmoqda. 

Milliarder nomzodga ko‘ra, AQSh prezidenti Barak Obama va sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning siyosati IShIDning Mo‘sulni egallashiga olib kelgan. 

«Mo‘sul bizniki edi. Va biz uni qaytarib olishimiz kerak. Chunki, Hillari Klinton va Obama u yerda bo‘shliqni qoldirishdi va IShID shaharga kirib, Mo‘sulni egalladi», — deya qayd etgan Donald Tramp.

Mavzuga oid