Sport | 10:52 / 27.10.2016
5814
2 daqiqa o‘qiladi

«Vest Hem» va «Chelsi» o‘yini vaqtida tribunadagi muxlislar mushtlashib ketdi

Foto: The Guardian

Angliya Liga Kubogining 4-bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Vest Hem» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin (2:1) muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuv bilan yakunlandi. 

Londondagi Olimpiya stadionida kechgan bahsning so‘ngi daqiqalarida ikki jamoa fanatlari bir-birlariga plastik o‘rindiqlarni yulib ota boshladi. Shuningdek, uloqtirilgan buyumlar orasiga suv idishlari, tangalar va boshqa buyumlar bor edi.

Styuardlar vaziyatni yo‘lga sola olishmadi, shu bois bir nechta to‘qnashuvlar yuzaga kelgan. Mojaro politsiya aralashuvi orqali bartaraf etilgan.

Qayd etish kerakki, "bolg‘achilar" jamoasi muxlislari yangi stadionlarida «Uotford» va «Midlsboro» kabi jamoalarga kechgan o‘yinlarda ham janjal ko‘tarishgandi. Shu tufayli stadiondagi styuardlar soni oshirilgan, ammo «Chelsi»ga qarshi o‘yinda ham janjalning oldini olib bo‘lmadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid