Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: xusiylar Makka yo‘nalishida ballistik snaryad uchirdi
Yamanlik isyonchi xusiylar Islom dinining muqaddas shahri Makkai Mukarrama tomon ballistik raketani uchirishdi. Ammo, u havoda yo‘q qilindi. Bu haqda, Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasining Yamandagi qo‘mondonligi bayonot berdi, deya xabar qilmoqda SPA agentligi.
Qayd etilishicha, koalitsiya kuchlari snaryadni Makkadan 65 kilometrlar uzoqlikda yo‘q qilgan. Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tomonidan javob o‘ti ochilgan.
Isyonchi xusiylar ballistik raketa uchirganlarini tasdiqlashgan, ammo ularning so‘zlariga ko‘ra, isyonchilar mamlakatdagi eng tirband hisoblanuvchi podshoh Abdul-Aziz aeroportini nishonga olishgan.
Mavzuga oid
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
09:23 / 14.07.2026
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026