AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Amerika noqonuniy muhojirlarga qarşi kuraşiş lozimligini uqdirmoqda. Ammo, milliarderning hozirgi darajasiga «Amerika orzusi» tufayli yetişganini anglamayotgan körinadi, deb yozmoqda Politico naşri.

Öz nomzodini prezidentlikka ilgari surişni boşlaganidan beri Amerika orzusini amalga oşiriş imkoniyati puçga çiqqanini ta'kidlab keladi. Bunga, uning fikriça, muhojirlar va xorijiy işçilar aybdor. 

Şu sabab, milliarder bu orzuni «avvalgidan ham köproq va yaxşiroq» qaytara olişini ta'kidlaydi. Buning uçun u amerikalik işçilarni global raqobatdan himoya qilişni taklif qilmoqda. Tramp, Meksika bilan janubiy çegaralar uzra baland devorlar qurişini va noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan quvib çiqarişini aytmoqda. 

Biroq, tanganing orqa tomoni ham bor, deb yozadi naşr. Xöş, Tramp muhojirlik siyosatini qat'iylaştiriş ğoyasida haqmi? Politico gazetasi bu savolga milliarderning buvasi, nemis farzandi va tadbirkor bölgan hamda xorijiy işçilarni yollagan Fridrix Tramp tarixidan javob izlaş lozimligini uqdiradi. 

U 1869 yilda Germaniyaning Reyn viloyatidagi vino işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Kalştadt tumanida dunyoga kelgan. 1885 yilda moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgaç, kemaga ötirib, keng imkoniyatlar mamlakati — Amerikaga yöl olgan. U vaqtlarda Amerika çegaralari oçiq edi. Fridrixning çeklangan ta'limi va iqtidori mamlakatga kirib kelişiga tösqinlik qilmagan. Bir kun kelib, Nyu Yorkdagi oddiy sartaroş Fridrix yirik sarmoyadorga aylandi. 

1918 yilda ispan grippidan vafot qilgaç, uning barça boyligi öğli va nevarasiga qoldi. Bugungi kunga kelib, Tramplar imperiyasi juda kengayib ketgan. Gazetaning yozişiça, ularning oilasi tarixi «Amerika orzusi»ning hayotdagi namunasidir. 

Albatta, Tramp ilgari surgan taklif haqiqatdan ham dolzarb masaladir. Çunki, globalizatsiya amerikalik işçilarga ta'sir körsatmoqda, şu bilan ularning işga joylaşiş imkoniyati kamaymoqda. 

Tramp esa, hayotga tatbiq etiş mumkin bölgan çoralarni taklif qiliş örniga, deb yozadi naşr, saylovçilarning taşvişidan foydalanişga qaror qilgan körinadi.