Singapurlik Everestning bazaviy lageriga superkarda ko‘tarildi
Singapurlik Ka Chuan Xung Everestning dengiz sathidan 5200 metr balandlikda bo‘lgan bazaviy lageriga Nissan GT-R kupesida yetib oldi. Xung o‘z sayohati haqida hisobot va suratlarni feysbukdagi sahifasida joylashtirdi. Bu haqda motor.ru xabar bermoqda.
Rejalashtirilishi va tayyorgarlik ko‘rish uchun 18 oy talab qilgan sayohat oktabrning ilk kunlarida Singapurda boshlandi. 24 oktabrda Xung dunyodagi eng baland cho‘qqining Shimoliy lageriga yetib keldi. U isbot uchun bu yerda bir nechta suratlarni oldi.
Xungning tibetlik yo‘lboshlovchisining aytishicha, Nissan GT-R bunday balandlikka ko‘tarilgan birinchi superkar bo‘ldi.
Sayohatchi u superkarni qanday qilib modernizatsiya qilganini aniqlashtirmagan, biroq suratlarda mashinaning tagi bilan yo‘l orasidagi oraliq kattalashtirilgani va kuchaytirilgan old bamperni ko‘rish mumkin.
Ayni vaqtda Xung ortiga qaytdi. U Singapurga Xitoy, Tailand va Malayziya orqali o‘tib, noyabrda yetib keladi.
Mavzuga oid
15:25 / 17.10.2024
Britaniyalik alpinist dunyodagi barcha baland cho‘qqilarini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi
23:19 / 11.10.2024
Everestda 100 yil oldin yo‘qolgan alpinistning qoldiqlari topildi
00:05 / 10.10.2024
Nepallik o‘smir Yerdagi eng baland cho‘qqilarni zabt etib, rekord o‘rnatdi
18:30 / 06.10.2024