Jahon | 22:36 / 28.10.2016
14055
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp saylovlarni bekor qilishni va o‘zini AQSh prezidenti etib tayinlashni taklif qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp saylovlarni bekor qilish va o‘zini prezident etib tayinlash taklifini bildirdi. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, u bu taklifni Ohayodagi tarafdorlari bilan uchrashuvi chog‘ida aytgan.

"Bizning ish o‘rinlarini qaytarish rejamizda biznesga bo‘lgan soliqlarni 35 foizdan 15 foizga tushirish fikri bor. Hillari Klinton esa kichik biznesga soliqni 45 foizgacha oshirishni istaydi. Katta farq. Hozir men o‘ylab qoldim, biz shunchaki saylovlarni bekor qilishimiz va g‘alabani Trampga berishimiz kerak, shunday emasmi? Biz nega faqat saylov o‘tkazamiz? Nima uchun o‘tkazamiz? Uning (Klinton - tahr.) siyosati juda yomon", — degan Tramp.

AQSh prezidentligi saylovlari ikki bosqichda o‘tadi. Avvaliga 8 noyabr kuni barcha shtatlardagi saylovchilar ovoz berishadi. Shtatda g‘olib bo‘lgan nomzod shtatdagi kongress saylov okruglari soniga teng tanlovchi deb ataluvchilarning barcha ovozlarini oladi. Ikkinchi bosqichda tanlovchilar prezident uchun ovoz berishadi. Tanlovchilarning umumiy soni 538 nafar bo‘lib, saylovda g‘alaba qozonish uchun 270ta ovoz olish kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid