Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik futbolchi qizlar Osiyo chempionatining saralash bahsida ilk uchrashuvini o‘tkazdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi 2017 yili Xitoyda 19 yoshgacha qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bahsida ilk uchrashuvni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Chempionatning saralash bosqichida O‘zbekiston, Xitoy Taypeyi, Gongkong, Pokiston va Tojikiston terma jamoalari “V” guruhida o‘zaro bahs olib bormoqda.
Yoshlarimiz tojikistonlik tengdoshlariga qarshi o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq tashabbusni qo‘lga oldi. Raqiblariga ham jismonan, ham taktik jihatdan ustunligini namoyish etib, 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Gollarga Shahnoza Qurbonova, Shoira Qulto‘rayeva, Malika Burhonova mualliflik qildi.
Endi futbolchi qizlarimiz 31 oktabr kuni Xitoy Taypeyiga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026