Özbekiston dunyoda paxta tolasini işlab çiqaruvçi va eksport qiluvçi yetakçi davlatlardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida paxta sanoatini rivojlantiriş, xom aşyo yetiştiriş hajmini oşiriş va sifat körsatkiçlarini yanada yaxşilaş borasida oqilona siyosat olib borilayotgani mamlakatimiz paxta bozorida mustahkam örin egallaşida muhim omil böldi, albatta.

Natijada Özbekiston işonçli hamda barqaror ravişda paxta tolasi işlab çiqaruvçi davlatga aylandi, jahon bozorida narx özgarişlariga qaramasdan, özining yuqori sifati bilan ajralib turuvçi paxtani yetkazib beriş kafolatlangan hamkor mamlakat sifatida dunyoga tanildi.

Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, Özbekiston paxta işlab çiqariş böyiça dunyo mamlakatlari orasida 6-örinda, paxta tolasi eksporti böyiça esa 5-örinda turadi. Bu mamlakatda sohani tubdan isloh qiliş, yangi texnologiyalarni jalb qiliş, paxtaning yangi navlarini yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarning amaliy ifodasi, deyiş  mumkin.

Aytiş kerakki, 2015 yil oktabr oyida “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining taşkil etilişi sohani yanada ravnaq toptiriş, bozor munosabatlari va korporativ boşqaruv usullarini takomillaştirişda mustahkam qonuniy asos bölib xizmat qilmoqda.

Kompaniya zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib çiqib, ötgan bir yil mobaynida miqyosi va kölami jihatidan katta işlarni amalga oşirişga erişdi. Paxta bozori kon'yunkturasida tizimli marketing tadqiqotlarini olib boriş, işni kompleks taşkil qilişda yagona siyosatni amalga oşiriş, paxta xomaşyosini fermer xöjaliklaridan qabul qilib oliş hamda qayta işlaş, uning işlab çiqariş hajmini oşiriş va sifat körsatkiçlarini takomillaştiriş, mahsulotlar nomenklaturasini kengaytiriş, sanoatni yanada rivojlantiriş uçun investitsiyalarni keng jalb etiş, savdo aloqalarini mustahkamlaş va eksport geografiyasini kengaytiriş şular sirasiga kiradi.

Bu vazifalarning ijrosida, aytiş joizki, “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibidagi paxtani qabul qiliş va qayta işlaşga yönaltirilgan “Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, paxta tolasini saqlaş va sotiş bilan şuğullanuvçi “Özpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyati, çigitni qayta işlaş va paxta yoğini işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan “Özpaxtayoğ” aksiyadorlik jamiyati hamda muhandislik va texnologiya, sanoat uçun innovatsion yeçimlar işlab çiqişga yönaltirilgan “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining alohida örni bor.

Bugungi kunda “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi  yuqorida qayd etilgan maqsadlardan kelib çiqib, yaqin istiqbolda bir qator muhim masalalarning yeçimini topiş çoralarini  körmoqda. Avvalo, tanlangan ğöza navlarini ekiş tizimini yanada takomillaştiriş hisobiga tolaning sifatini yanada oşirişga alohida e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, jahon paxta bozorida dolzarb sanalgan birlamçi paxtani qayta işlaşda uning iflosligini kamaytiriş va taşqi körinişini xalqaro standart talablariga mosligini ta'minlaşga ustuvor ahamiyat berilmoqda.