Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanoat korxonalarining asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
2025 yil 1 noyabr holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan 58,6 mingta sanoat korxonasining eng katta qismi - 11,7 mingtasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda jami 58,6 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida sanoat korxonalarining tarkibi quyidagicha shakllangan:
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 11,7 mingta korxona;
- boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 8,2 mingta korxona;
- kiyim ishlab chiqarish – 5,8 mingta korxona;
- tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 4,7 mingta korxona;
- mebel ishlab chiqarish – 4,0 mingta korxona;
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 3,6 mingta korxona;
- rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish – 2,8 mingta korxona.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat tarkibida oziq-ovqat, qurilish materiallari (nometall mineral mahsulotlar) va yengil sanoat — kiyim va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishlari ustuvor o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
16:06 / 13.02.2026
O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
15:21 / 12.02.2026
Milliy statistika: 2025 yilda o‘qish uchun xorijga chiqish kamaygan
14:38 / 11.02.2026