Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalarning 4 204 tasi – qo‘shma, 13 391 tasi – xorijiy korxona hisoblanadi.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha top-10 davlat quyidagicha shakllandi:

  • Xitoy – 4 731 ta;
  • Rossiya – 3 177 ta;
  • Turkiya – 2 090 ta;
  • Qozog‘iston – 1 185 ta;
  • Janubiy Koreya – 683 ta;
  • Afg‘oniston – 636 ta;
  • BAA – 396 ta;
  • Tojikiston – 379 ta;
  • Hindiston – 356 ta;
  • AQSh – 328 ta.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar quyidagi yo‘nalishlarda to‘planishgan:

  • savdo – 6 286 ta;
  • sanoat – 3 647 ta;
  • qurilish – 1 358 ta;
  • axborot va aloqa – 1 354 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 725 ta;
  • tashish va saqlash – 572 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 437 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 206 ta;
  • boshqa turlar – 3 010 ta.

Ma’lumotlar chet el sarmoyadorlarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotgani, ayniqsa savdo va sanoat sohalarida faollik yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.