Janubiy Koreya va Yaponiya harbiy axborot bilan almashish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashmoqda
Janubiy Koreya Yaponiya bilan o‘ta muhim harbiy axborot almashish bo‘yicha kelishuv borasidagi muzokaralarni qayta boshlashga qaror qildi, deb xabar bermoqda Japan Times.
Janubiy koreyalik manba anonimlik sharti bilan nashrga Harbiy axborotning saqlanishi bo‘yicha umumiy kelishuvning imzolanishi oldidan o‘tadigan amaliy muzokaralar ko‘p vaqt olmasligini ma'lum qildi. Uning aytishicha, bu kelishuvning imzolanishi Tokio va Seul o‘rtasida axborot almashinuvini xavfsizlantirishga imkon beradi.
Ma'lum qilinishicha, Tokio va Seul 2012 yilda bunday kelishuvni tuzish bosqichida bo‘lganlar, biroq uni Janubiy Koreya muxolifati qarshiligi sababli qoldirishga to‘g‘ri kelgan.
2014 yilda Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh Shimoliy Koreya yadroviy dasturi va raketa dasturlari bo‘yicha maxfiy axborot bilan almashish va uning saqlanishini ta'minlash masalasi bo‘yicha hamfikrlik memorandumini imzolashgan. Bu memorandum Yaponiya va Janubiy Koreya mudofaa vazirliklariga ikkala davlat o‘rtasida kelishuv bo‘lmagan taqdirda AQSh mudofaa vazirligi orqali axborot almashish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
21:18
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024