Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon harbiy razvedkaga sarflangan xarajatlar haqidagi ma'lumotni chop etdi
Foto: Getty Images
AQSh mudofaa vazirligi o‘z yakuniga yetgan joriy moliya yilida harbiy razvedkaga sarflagan xarajatlari haqidagi ma'lumotni chop etdi. Ma'lumotga ko‘ra, harbiy razvedkaning barcha ehtiyojlari uchun 17,7 mlrd dollar ajratilgan.
Gap o‘tgan yilning 1 oktabridan joriy yilning 30 sentabrgacha bo‘lgan davr haqida ketmoqda.
Xarajatlar "kutilmagan vaziyatlarda" xorijiy operatsiyalarni moliyalashtirishni ham o‘z ichiga olgan.
Pentagonda bu ma'lumotlar harbiy razvedka faoliyatiga xavf solmasligi sababli chop etilgani aytildi.
Biroq harbiy razvedka byudjyetiga taalluqli boshqa ma'lumotlar milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan chop etilmaydi.
Avvalroq AQSh milliy razvedkasi ma'muriyati 2017 yil uchun AQSh razvedka xizmatlari ehtiyojlariga 53,5 mlrd dollar so‘ragani ma'lum qilingandi.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yilda harbiy razvedkaga 16,8 mlrd dollar ajratish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:47 / 18.03.2026
Pentagon Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirgan generalga qarshi tergov yuzasidan hisobot berdi
16:27 / 02.03.2026
Kuvaytda AQShning 3 ta samolyoti quladi
20:04 / 01.03.2026
Isroilda Eron zarbasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
23:24 / 14.02.2026