Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real" mehmonda "Alaves"ni yirik hisobda mag‘lub qildi, Ronaldudan xet-trik
"Real" Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida "Alaves" mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda madridliklar raqibidan kuchli ekanini ko‘rsatishdi hamda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Oxirgi vaqtlarda gol ura olmayotgani sababli tanqid qilinayotgan Krishtianu Ronaldu bu o‘yinda uch bor to‘p kiritdi. E'tiborlisi, Ronaldu 79-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Yana bir golni esa Alvaro Morata kiritishga erishdi. Shunday qilib, "Real" turnir jadvalidagi yetakchilikni saqlab qoldi.
"Alaves" – "Real Madrid" – 1:4
Gollar: Deyverson Brum, 7 (1:0); Ronaldu, 17 (1:1, pen); Ronaldu, 33 (1:2); Morata, 84 (1:3); Ronaldu, 88 (1:4).
Noaniq penalti: Ronaldu, 79.
Ogohlantirishlar: Deyverson Brum, 16; Torres, 39; Bernar Fransua, 52; Femeniya, 80; Krstichich, 86 – Beyl, 60.
Mavzuga oid
23:42 / 11.06.2026
Joze Mourinio «Real»ga qaytdi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
19:05 / 29.05.2026