Jahon | 12:34 / 02.11.2016
4164
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada kuchli to‘lqinlar natijasida kema halokatga uchradi

Foto: The Jakarta Post

Indoneziyaning Batam orolida kema halokati natijasida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, yana 34 kishi bedarak yo‘qoldi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillarining xabar berishicha kema bortidagi 38 kishi qutqarib qolingan. Bu haqida The Jakarta Post ma'lum qildi

Kema Malayziyaning Joxor-Baru (Joxor shtati) portidan Indoneziya tomon yo‘l olgan bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kema kuchli shamol va to‘lqinlar natijasida ag‘darilib ketgan. 

Huquq-tartibot organlari voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborishdi. Asosiy sabablardan biri sifatida indoneziyalik muhojir-ishchilarni tashiyotgan kemaning me'yordan ortiq yuklanganligi ko‘rsatilmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid