Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlidagi smog 20dan ziyod avtomobilning to‘qnashuviga sabab bo‘ldi
3 noyabr tongida Hindiston poytaxti Dehli shahri shimolidagi tezyurar shossesida 20dan ziyod avtomobil to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida 10 nafarga yaqin kishi jarohatlandi. Ma'lum qilishlaricha, bunga sabab hududda ko‘rish imkoniyatini cheklagan quyuq smog bo‘lgan.
Hindiston poytaxti va uning atrofidagi hududlardagi iflos havo darajasi uchinchi kundirki o‘ta og‘ir holatda qolmoqda. Bunga 30 oktabr kuni o‘tkazilgan Divali bayramida qo‘llanilgan o‘n minglab pirotexnik vositalar va feyyerverklarni sabab qilib ko‘rsatishmoqda.
Tibbiyot xodimlari hududda yashovchi kishilarni jismoniy faollikdan qaytarishmoqda. Yurak kasalligi yoki yengil kasallikka chalinganlarga, shuningdek, keksalar va bolalarga yopiq binolarda qolish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026