Fan-texnika | 19:26 / 03.11.2016
5887
2 daqiqa o‘qiladi

«Mersedes» «Panamera» raqibini qachon namoyish etishi bildirdi

Foto: motor.ru

Germaniyaning Mercedes-AMG kompaniyasining Porsche Panamera modeliga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan to‘rt eshikli, mustaqil modeli 2017 yilda namoyish etiladi. Vision kontsept-karining taqdimoti 1967 yilda asos solingan AMG kompaniyasining 50 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladi. Bu haqda Autocar nashri o‘z manbasiga asoslangan holda yozmoqda. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sotuvga chiqariladigan tayyor model 2019 yilda paydo bo‘ladi va GT4 deb nomlanadi. Modernizatsiya qilingan MRA shassi negizida barpo etiluvchi kontsept-kar C-, E- va S-Class modellarining «kuchaytirilgan» namunalarining eng yaxshi jihatlarini ham ko‘chiradi. Avtomobil konstruksiyasida kompozit materiallar, alyuminiy va o‘ta pishiq po‘latdan foydalaniladi. 

Mercedes-AMG GT4 modeliga 4.0 litrli, V8 Twin Turbo motori o‘rnatiladi. U 600 ot kuchiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, unga 48-voltli elektr tizim va qisqa vaqtda qo‘shimcha kuch berish maqsadida 20 ot kuchiga ega elektr motor ham o‘rnatilishi mumkinligi aytilmoqda. 

To‘rt eshikli mashina barcha g‘ildiraklarni yetakchi qiluvchi drift-tartib bilan kuchaytiriladi. Bu tizim Mercedes-AMG E 63 modelida sinab ko‘rilgan edi. Bundan tashqari AMG Speedshift uzatmalar qutisi GT4 modelini harakatga keltiradi.

Avvalroq, «Mersedes» Formula-1 texnologiyalari qo‘llaniladigan giperkar ishlab chiqarishi haqidagi xabarlarni tasdiqlagan edi. 


 

Mavzuga oid