Britaniyaning Evo naşri jurnalistlari Mercedes-AMG E 63 S va Porsche Panamera Turbo sedanlari örtasida dreg-poyga ötkazişga qaror qilişdi. Uşbu poyga haqidagi videolavha naşrning YouTube-kanaliga joylaştirilgan.

Evo ekspertlari avtomobillarning dinamik xususiyatlarini ölçab, ular dreg masofa – 402 metrni qança soniyada ötişlarini hisoblaşdi. Uşbu masofaning marra çiziğini bosib ötişda maşinalar oraliğidagi farq 0,3 soniyani taşkil etdi. Bunda Mercedes-AMG va Porsche ham soatiga 96 km tezlikka 3,4 soniyada erişgan. 

Mercedes-AMG E 63 S sedani turbo V8 dvigateli bilan jihozlanadi. Uning quvvati 612 ot kuçiga teng. Porsche Panamera Turbo sedaniga ham benzinli V8 motori örnatilgan bölib, 550 ot kuçiga teng.