Tokiodagi avtoşouda taqdim qilinadigan ixçam, saloni qoronğuda yorişuvçi Toyota Wonder-Capsule kontsept-kari Toyota’ning Auto Body bölinmasi va Anrealage kiyimlar brendi bilan birgalikda yaratildi.

Ma'lum qilinişiça, yangi maşina bor-yöği 2,5 metr uzunlikka va 1,3 metr enga ega. Ikki örindiqli avtomobil vertikal old oynasi va uning kattaligi bilan e'tiborni jalb qiladi.

"Toyota" eşiklari harakatga qarşi oçiladi. Salonda asboblar paneli yöq, barça ma'lumot old oynaga çiqariladi. Maşina poli va örindiqlari lyuminessent material bilan qoplangan va buning evaziga qoronğuda yorişadi. Bu qoplama ultrabinafşa nurlar yoki şunçaki yorqin çaqnaş ta'sirida ham yoruğlanadi. Yukxona örniga örindiq orqasida kiçik bölma közda tutilgan.

Kontsept-kar birinçi navbatda maşinalarni ijaraga beriş xizmatlariga möljallangan. Maşina tarmoqdan haydovçi haqidagi ma'lumotlarni olib, unga moslab rul va örindiqni sozlaydi. 

Maşinaning texnik körsatkiçlari haqida ma'lumot berilmagan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, u elektromobildir.