OAV: Turkiya Suriya bilan chegarasini qachon bitkazishi ma'lum bo‘ldi
Turkiya Suriya bilan chegarasidagi beton devor barpo etish ishlarini 2017 yilning birinchi yarim yiliga kelib yakunlaydi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha 270 kmlik devor qurib bitkazilgan, qolgan 520 kmdan 200 kmlik bo‘limini qurish ishlari avjida.
"Chegaraning 85 kilometri Dajla va Frot daryolaridir. Bu yerda biz boshqa choralarni ko‘ramiz", — deya vazir so‘zlarini keltiradi agentlik.
Avvalroq, Anadolu agentligi beton plitali devorning 239 kilometrli qismi qurilishi tamomlangani haqida xabar qilgan edi. Bu masofada boshqa xavfsizlik choralari ko‘rilgan, kuzatuv minoralari o‘rnatilgan, qo‘shimcha xodimlar safarbar qilingan, 183 kilometrlik sim to‘siqlar olib tashlangan.
Agentlikka ko‘ra, so‘nggi ikki yilda turk-suriya chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 117,3 ming kishiga ruxsat berilmagan, 21,3 ming noqonuniy kesib o‘tish holatiga chek qo‘yilgan, 5,2 ming qoidabuzar ushlangan.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
08:10 / 24.10.2024
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin
15:50 / 17.10.2024